locale OZ

«Barselona» eng koʻp qiziqish bildirayotgan ikki himoyachi nomi maʼlum boʻldi

Kataloniyaliklar himoya qo'rg'onini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» eng koʻp qiziqish bildirayotgan ikki himoyachi nomi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yaqin to‘rt-besh yil davomida jamoani kuchaytirishi mumkin bo‘lgan markaziy himoyachilar variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Eng katta qiziqish Yoshko Gvardiol («Manchester Siti») va Alessandro Bastoni («Inter»)ga qaratilgan, deya xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar ularni sotib olishni jiddiy o‘ylashi mumkin, lekin avvalo moliyaviy muammolarini hal qilishi kerak — bu yozgi transfer oynasida amalga oshishi ehtimoli bor.

Gvardiol va Bastonida «Barselona» markaziy himoyada ham, chap qanotda ham o‘ynay oladigan, to‘pni nazorat qila oladigan va katta o‘yinlar tajribasiga ega himoyachilarni ko‘rmoqda.

Ushbu futbolchilar Andreas Kristensen (shartnoma 2026 yil yozida tugaydi) va Ronald Arauxo (psixologik muammolarga duch kelgan) o‘rnini bosuvchi variant sifatida qaralmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting