locale OZ

«Barselona» Emerik Laportga qiziqmoqda

Uning «Atletik» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Emerik Laportga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

Ispaniyaning "Barselona" klubi "Atletik" Bilbao markaziy himoyachisi Emerik Laport bo‘yicha ma’lumot so‘radi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bilbao klubi 32 yoshli himoyachini 80 million yevroga baholagan.

Shuningdek, Laportga Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar" tajribali futbolchini yana 2024 yildan beri kuzatib kelmoqda.

Jahon chempioni bo‘lgan Laport o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Uning "Atletik" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 8 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting