“Barselona” Ektor Fort borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Ektor Fort keyingi mavsumda ham jamoa qoladi. Bu haqda jurnalist Karlos Monfort xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 18 yoshli futbolchi rahbariyat va bosh murabbiyning ishonchiga kirgan.
Ta'kidlanishicha, futbolchiga Flik keyingi mavsumda unda ishonch bildirayotgani, shuning uchun kataloniyaliklar safini tark etishga shoshilmasligini aytishgan.
Ma'lumot uchun, Fort joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist