\"Barselona\" Ekitike uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images
"Ayntraxt" markaziy hujumchisi Ugo Ekitike "Barselona" short-listidan joy oldi, deya xabar beradi Diario Sport nashri.
Qayd etilishicha, kataloniyaliklar fransiyalik forvardni o‘z tarkibida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo “Barsa” bu transferni amalga oshirish uchun “Chelsi” va “Arsenal” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
London klublari ham Ugoni o‘z tarkibida ko‘rish istagini bildirgan.
Hujumchi 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist