«Barselona» bugungi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi (foto)
Фото: Getty Images
"Barselona" bugun La Liga 2-turida "Levante" mehmoni bo'ladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da start oladi. Ushbu bahs uchun kataloniyaliklarning qaydnoma ro'yxati e'lon qilindi.
Unga ko'ra, ro'yxatdan o'tmagan Shesni, Jerar Martin va Runi Bardji maydonga tusha olmaydi. Ter Shtegen va Bernalda jarohat bor.
Quvonarli tomoni shundaki, Robert Levandovski jarohatidan qaytdi va "Levante"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.
Ektor Fort va Frenki De Yong esa qaydnomaga kiritilmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist