locale OZ

«Barselona» «Borussiya D» himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda

Kataloniyaliklar Jyul Kundega oʻrinbosar qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Borussiya D» himoyachi bilan muzokaralar olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi Yulian Ryurersonni Jyul Kundega muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sport Germany jurnalisti Patrik Berger xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar fulbek pozitsiyasini nisbatan tejamkor tarzda kuchaytirishni rejalashtirmoqda va allaqachon 28 yoshli norvegiyalik futbolchi vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida aniq kelishuvga erishilmagan.

Yulian Ryurersonning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shunga qaramay, futbolchi yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirish variantini istisno etmayapti.

Transfermarkt portali Ryurersonning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting