«Barselona» Bastoniga nisbatan hamyonbop va qulayroq muqobil variant topdi
«Barselona» klubi «Portu» hamda Polsha terma jamoasi markaziy himoyachisi Yakub Kivyor bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Biroq ayni damda tomonlar oʻrtasida transfer boʻyicha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. Bu haqda Sport.es nashri jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Kataloniya klubi polshalik futbolchini «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoniga nisbatan hamyonbop va qulayroq muqobil variant deb hisoblamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Kivyor hozirda «Arsenal»dan ijaraga olingan holda, majburiy sotib olish bandi bilan «Portu» safida toʻp surmoqda. Joriy mavsumda Kivyor barcha turnirlarda jami 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali bergan maʼlumotlarga koʻra, 26 yoshli himoyachining ayni paytdagi bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.