locale OZ

“Barselona” “Arsenal” yulduzini tekinga qo'lga kiritishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” “Arsenal” yulduzini tekinga qo'lga kiritishi mumkin
FОТО: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomas Partey faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Deadlinedaylive xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, afrikalik futbolchiga Kataloniyaning “Barselona” va Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Partey 2012-yildan 2020-yilgacha “matraschilar” safida to'p surgan. Uning “Atletiko” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Ma'lumot uchun, Tomas joriy mavsum APL'da 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting