locale OZ

\"Barselona\" Arauho'ni sotib yuborishga tayyor

Klub takliflarni ko'rib chiqadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Barselona" Arauho'ni sotib yuborishga tayyor
Photo: Getty Images

"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauho yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin. Bu haqda Ashraf Ben Ayad xabar berdi.

Manbaga ko'ra, urugvaylik futbolchi yanvar oyida "ko'k-anorranglilar" bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Klub Arauho bo'yicha takliflar bo'lsa, ularni ko'rib chiqishga tayyor.

O'tgan mavsumda Ronald "Barselona" safida 25 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portalida 25 yoshli futbolchining taxminiy bahosi 35 million yevro deb ko'rsatilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting