«Barselona» AQShda «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin orqali qancha daromad topishi ma'lum
Photo: Getty Images
"Barselona" Ispaniya chempionatining AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yindagi ishtiroki uchun qancha pul ishlab olishi aniq bo‘ldi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 5-6 million yevro atrofida daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, "Vilyarreal" uchun uy uchrashuvini boshqa stadionga ko‘chirish bo‘yicha xarajatlar oshishi mumkinligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya futbol federatsiyasi klublarga ushbu o‘yinni Amerikaning Mayami shahriga ko‘chirishga ruxsat bergan edi.
Bahrom Bobonov
Redaktor