locale OZ

«Barselona» Alvares transferi uchun 130 mln yevro taklif qilmoqchi – manba

Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
«Barselona» Alvares transferi uchun 130 mln yevro taklif qilmoqchi – manba
ФОТО: Getty images

"Barselona" va Madridning "Atletiko" klubi o'rtasida hujumchi Xulian Alvares transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so'ng argentinalik forvard uchun 130 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, bu "Barselona" tayyorlagan eng yuqori taklif hisoblanadi. Klub transfer summasini 150 million yevrogacha oshirish variantini ko'rib chiqmayapti. Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Alvaresning "Barselona"ga o'tish istagi saqlanib qolganiga ishonmoqda.

Xulian Alvares o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli hujumchining bozor qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting