locale OZ

«Barselona» Alvares o‘rniga Lautaro Martinesni sotib olishi mumkin

Bu haqda ElDesmarque xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Alvares o‘rniga Lautaro Martinesni sotib olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Barselona» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljiy olmayapti. Bu haqda ElDesmarque xabar berdi.

Shu bois kataloniyaliklar argentinalik forvardning muqobili sifatida «Inter» hujumchisi Lautaro Martines nomzodini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Alvares hali ham «Barselona»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda. Biroq sport direktori Deko «Atletiko» bilan kelishuvga erisha olmasa, Lautaro variantiga o‘tishga tayyor.

Lautaro nomzodini bosh murabbiy Xansi Flik ham, Deko ham yuqori baholamoqda. Shu sabab «Inter» forvardi kataloniyaliklar uchun tobora jiddiy muqobil variantga aylanib bormoqda.

Shu tariqa, «Barselona»ning hujumchi xarid qilish bo‘yicha rejasi hozircha ikki asosiy nomzod — Alvares va Lautaro atrofida shakllanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting