locale OZ

«Barselona» Alvares bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda

Transfer summasi taxminan 70-80 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» Alvares bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda
ФОТО: Getty images

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Avvalroq argentinalik futbolchi “matraschilar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani ma’lum bo‘lgandi.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabarlariga ko‘ra, ayni damda “Barselona” Alvaresning transferi bo‘yicha “Atletiko”ga birinchi rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Ta’kidlanishicha, “ko‘k-anorranglilar” OAVda xabar qilingandek, kelishuvga biror-bir futbolchini qo‘shishni rejalashtirmayapti.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli Alvares barcha turnirlarda 49 ta o‘yin o‘tkazib, 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va to‘qqizta golli uzatmaga mualliflik qildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” “Nyukasl” vingeri Entoni Gordonning transferini kelishib olgandi. Transfer summasi taxminan 70-80 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting