locale OZ

“Barselona” Abduqodir Husanovni ijaraga olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Abduqodir Husanovni ijaraga olmoqchi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Carpetasfcb xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi yozda himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. “Barsa” sport direktori Dekuning fikricha, Husanov klubning kelajakdagi loyihasiga juda mos keladi. O‘zbekistonlik himoyachi jamoaning himoyasini mustahkamlashi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

“Manchester Siti” ushbu taklifga qanday munosabat bildiradi, hozircha noma’lum. “Barselona” sotib olish sharti bilan uni ijaraga olish variantini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov yanvarda “Manchester Siti” safiga kelib qo‘shildi. U “shaharliklar” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting