«Barselona» A Seriyaning uchta himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Barselona» qishki transfer oynasi davomida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar A Seriyadan uch nafar futbolchini potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Gap «Inter» himoyachisi Stefan de Vrey, «Milan» safida to‘p surayotgan Koni de Vinter hamda «Napoli» a’zosi Joan Jezus haqida bormoqda.
«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensenning oldingi xochsimon bog‘lamlari uzilishi sabab uzoq muddatga safdan chiqqani, shuningdek, Ronald Arauxo atrofidagi noaniqliklar kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ixtiyorida markaziy himoya pozitsiyasida tanlovlar cheklanganini anglatadi.
Shu bilan birga, yanvar oyida ushbu futbolchilardan birini qo‘lga kiritish «Barselona» uchun oson bo‘lmaydi. Sababi, mavsum o‘rtasida ko‘plab klublar asosiy futbolchilarini faqat yuqori narx evaziga sotishga tayyor bo‘ladi. Mavjud moliyaviy cheklovlar esa kataloniyaliklarga bunday shartlarda transferni amalga oshirish imkonini bermaydi.