\"Barselona\" 5 nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi
Photo: Getty Images
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoani 5 nafar futbolchi tark etishini xohlamoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Flik keyingi mavsum rejalari uchun Oriol Romeu, Mark-Andre ter-Shtegen, Kristensen, Pau Viktor va Inyaki Penyani kiritmayapti. Murabbiy yuqoridagi sanab o‘tilgan futbolchilarning jamoani tark etishini istamoqda.
Avvalroq, jamoani asosiy futbolchilardan Ansu Fati va Pablo Torre tark etgan edi. Fati ijaraga asosan "Monako"ga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, Pablo 5 million yevro evaziga "Malorka" futbolchisiga aylandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist