«Barselona» 2026 yilda Keynni xarid qilmoqchi
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 2026 yil yozida “Barselona” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi va “Bavariya” o‘rtasidagi shartnomada maxsus band mavjud. Unga ko‘ra, agar Keyn boshqa jamoaga o‘tishni istasa, Myunxen klubi bunga to‘sqinlik qilmaydi.
Biroq Kataloniya klubi uchun bu transfer moliyaviy jihatdan katta xarajatlarni talab qiladi. Futbolchining maoshi va shartnoma imzolagani uchun to‘lanadigan bonuslar klub uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Harri Keyn 2023/24 yilgi mavsumda “Bavariya” safida jami 51 o‘yinda maydonga tushib, 41 gol va 14 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali uning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda. Keynning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.