locale OZ

«Barselona» 17 yoshli misrlik hujumchiga qiziqish bildirmoqda

Tomonlar oʻrtasida dastlabki muzokaralar noyabr oyida boʻlib oʻtgani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» 17 yoshli misrlik hujumchiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Barselona» Misr yoshlar terma jamoasi hamda Qohiraning «Al Ahli» klubi markaziy hujumchisi Hamza Abdulkarimga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Italiyalik jurnalist 17 yoshli forvardni iqtidorli futbolchi sifatida ta’riflab, uning kelajagi bo‘yicha dastlabki muzokaralar noyabr oyida bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, hozircha Abdulkarimning «ko‘k-anorranglilar» safiga ehtimoliy transferi bo‘yicha kelishuvga erishilmagan, ammo futbolchi kuzatuv ostida qolmoqda.

Joriy mavsumda Abdulkarim barcha turnirlarda 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq gol yoki assist qayd etmagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 100 ming yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting