locale OZ

«Barsa» joriy mavsumdagi 8 ta o‘yinda 36 ta gol urdi

Jamoa La Liganing 8-turida «Xetafe»ga qarshi maydonga tushadi.
«Barsa» joriy mavsumdagi 8 ta o‘yinda 36 ta gol urdi
ФОТО: Getty images

«Barselona» mavsum boshidan buyon davom etayotgan g‘alabali seriyasini 8 ta o‘yinga yetkazdi.

Hans-Diter Flik shogirdlari La Liganing 7-turida «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bungacha kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida «Valensiya»ni 5:0, «Rayo Valyekano»ni 5:2, «Atletik»ni 2:0, «Elche»ni 5:0, «Levante»ni 4:2 va «Rasing»ni 7:2 hisobida yenggan edi. Chempionlar ligasida esa «Feyenoord» 5:1 hisobida mag‘lub etilgan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» navbatdagi uchrashuvini 10 oktabr kuni o‘tkazadi. Jamoa La Liganing 8-turida «Xetafe»ga qarshi maydonga tushadi. Hozirda turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting