locale OZ

“Barsa” “Dortmund”ni “g’ajib tashladi” nemischa hisob-kitob javob bahsiga qoldimi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barsa” “Dortmund”ni “g’ajib tashladi” nemischa hisob-kitob javob bahsiga qoldimi?
Photo: gettyimages

UEFA chempionlar ligasining 1/4 final uchrashuvlari doirasidagi “Barselona” – “Borussiya Dortmund” qarama-qarshiligi bo’lib o’tdi. Unda “ko’k anor ranglilar” yirik 4:0 hisobida g’alaba qozonib, javob o’yini oldidan katta ustunlikni yarata oldi.

Uchrashuvning 25 daqiqasida Rafinya hisobni ochdi. 48 va 66 daqiqalarda sobiq “Dortmund” xujumchisi Robert Levandovski dubl qayd edib hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi. 77 daqiqada Yamal ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yib, kataloniyaliklarning raqibni “g'ajib tashlashiga” katta hissa qo'shdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng, ko'pchilik “Barselona”ni keyingi bosqichga chiqishi aniq bo'lib ulgurdi deb xulosa qilishi mumkin, lekin chempionlar ligasi tarixida bu kabi yirik hisoblar avval ham ko'p qayd etilgan va javob uchrashuvlarida kambeklar evaziga umumiy natija butunlay boshqacha ko'rinishga ega bo'lgan holatlar ham mavjud. Shularni hisobga olgan holatda “Borussiya Dortmund”nemischa hisob-kitobni Germaniyada bo'lib o'tadigan javob uchrashuviga olib qo'ya olarmikin? Hammasini javob uchrashuvida bilib olamiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting