Balogun: «Buni uzoq vaqtdan beri orzu qilardim»
«Monako» klubi va AQSh terma jamoasi hujumchisi Folaring Balogun 2026 yilgi jahon chempionatining 1-turida Paragvayga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabali o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur uchrashuvda forvard dubl muallifiga aylandi.
«Bu — ajoyib voqea. Ajoyib kecha va men buni uzoq vaqtdan beri orzu qilardim. Men AQSh terma jamoasi safida o‘ynashga rozilik berganman va bu qarorimning bir qismi — eng yirik arenalarda to‘p surish va muxlislarga javob qaytarish istagi edi.
Men uchun uy muxlislari oldida o‘ynash juda katta ahamiyatga ega… jahon chempionatining o‘z yurtimizda o‘tayotgani… Men juda baxtiyorman va barchadan faxrlanaman. Ilk o‘yin oldidan hayajonni yengish men uchun juda muhim edi va biz buni uddaladik. Ishonamanki, bu bizga foyda keltiradi», — deyiladi futbolchining so‘zlarida FIFA rasmiy saytida.