locale OZ

Pochettino: «Paragvayga qarshi juda og‘ir o‘yin kutmoqda»

Uchrashuv 13 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pochettino: “Paragvayga qarshi juda og‘ir o‘yin kutmoqda”
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
12.06.2026, Yak.
AQSH
4
Paragvay
1

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 2026 yilgi Jahon chempionati doirasida Paragvayga qarshi bo‘lib o‘tadigan ilk o‘yindan kutilyotgan natijalar haqida gapirdi. Uchrashuv 13 iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

“Men Paragvayning mentalitetini juda yaxshi bilaman — agressivlik, kurashuvchanlik… Ertangi o‘yin juda og‘ir bo‘lishini kutyapman. Bu bahs qiyin kechadi, chunki Paragvay nafaqat jangovar va agressiv jamoa, balki ularda yaxshi tarkib va ajoyib murabbiy — Gustavo Alfaro bor.

U juda yaxshi ishlayapti, men uni katta hurmat qilaman va unga tan beraman. Bu juda-juda qiyin o‘yin bo‘ladi”, — dedi Pochettino FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting