Balde «Barselona»ni tark etishga qaror qildi
Futbolchi faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
ФОТО: Getty images
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde klubni tark etishi mumkin. Fransiyalik futbolchiga «PSJ» qiziqish bildirmoqda va parijliklar uni tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Kundening «Barselona» bilan shartnomasi amal qilayotgan bo'lsa-da, futbolchining kelajagi borasida turli xabarlar paydo bo'lmoqda. Agar tomonlar transfer borasida kelishuvga erisha olsa, 27 yoshli himoyachi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ayni paytda «Barselona» Kundening ketishiga qanday munosabatda ekani va «PSJ»ning rasmiy taklifi bor-yo'qligi noma'lum.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist