locale OZ

«Ayaks» Sebalyos transferidan voz kechdi

Tomonlar hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.
«Ayaks» Sebalyos transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

Amsterdamning "Ayaks" klubi "Real" sobiq yarimhimoyachisi Daniyel Sebalyos bilan hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyaliklar avval ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan va u hali "Real" sharafini himoya qilayotgan paytda ham madridliklar bilan aloqa o‘rnatgan edi. Biroq bu safar ham tomonlar hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Ta’kidlanishicha, erkin agent maqomida bo‘lgan Sebalyosni Niderlandiya chempionati — Erediveziyada to‘p surish istiqboli qiziqtirmagan. Shu bois "Ayaks" mazkur transfer ustidagi ishlarni to‘liq to‘xtatishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Daniyel Sebalyos 2017–2026 yillar davomida "Real" futbolchisi bo‘lgan. Shu vaqt ichida u madridliklar safida 215 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting