locale OZ

«Ayaks» muxlislarning xatti-harakatlari sabab toʻxtatilgan oʻyindan soʻng bayonot berdi

Klub aybdorlarni topib, ularga nisbatan zarur choralarni koʻrishini ta‘kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Ayaks» muxlislarning xatti-harakatlari sabab toʻxtatilgan oʻyindan soʻng bayonot berdi
FOTO: Getty Images
Niderlandiya Eredivizioni
02.12.2025, Yak.
Ayaks
2
Groningen
0

Amsterdamning «Ayaks» klubi matbuot xizmati tribunadagi tartibsizliklar sabab 14-tur doirasidagi «Groningen»ga qarshi o‘yin to‘xtatilganidan keyin rasmiy bayonot e’lon qildi.

Avvalroq Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) voqea yuzasidan tergov boshlagan, uchrashuv esa seshanba, 2 dekabr kuni davom ettirilishi ma’lum qilingandi.

«“Ayaks” stadionda sodir bo‘lgan voqeani mutlaqo sharmandali deb hisoblaydi. Har qanday tarzda zarar ko‘rganlarning barchasidan uzr so‘raymiz. Tomoshabinlar va futbolchilarning xavfsizligi xavf ostida qoldi — bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Biz bu qabih harakatdan keskin ravishda o‘zimizni chetga olamiz.

Albatta, biz stadiondagi videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko‘rib chiqamiz, shuningdek aybdorlarni aniqlashning boshqa usullarini ham o‘rganamiz. Agar bu tartib buzganlarning shaxsini aniqlashga yordam bersa, biz zarur choralarni ko‘ramiz», — deyiladi «Ayaks» matbuot xizmati bayonotida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting