«Atletiko» Reshfordni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi — manba
Madridning «Atletiko» klubi hozirda «Barselona» safida ijara asosida o‘ynayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar kataloniyaliklarning 28 yoshli futbolchini jamoada olib qolish rejalarini buzmoqchi. «Atletiko» Reshfordni Madridga olib kelish uchun jiddiy moliyaviy qurbonliklarga borishga tayyor.
Avvalroq hujumchi «Manchester Yunayted» rahbariyatini La Liganing boshqa klublaridan keladigan takliflarni ko‘rib chiqmaslikni so‘ragani, chunki u faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirmoqchi ekanini bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Shunga qaramay, «Atletiko» Reshfordga kataloniyaliklar taklif qila oladigan shartlardan yaxshiroq kontrakt taklif eta olishiga ishonmoqda.
Joriy mavsumda Reshford «Barselona» safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.