locale OZ

\"Atletiko\" Martinez uchun da'vogar

U "Inter"ni tark etishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Atletiko" Martinez uchun da'vogar
Photo: Getty Images

“Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martinez faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli argentinalik futbolchiga “Atletiko” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Matraschilar” hujumida Martinez o‘z vatandoshi Xulian Alvares bilan juftlik hosil qilishi mumkin.

Lautaroning transfer narxi 95 million yevro deb baholanmoqda. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Italiya chempionatining yakunlangan mavsumida Lautaro 31 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting