locale OZ

\"Atletiko\" Baena transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Atletiko" Baena transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Madridning "Atletiko" klubi o'zining rasmiy saytida ispaniyalik hujumchi Aleks Baena bilan shartnoma imzolaganini rasman ma'lum qildi.

23 yoshli futbolchi bilan kelishuv 2030 yil 30-iyungacha amal qiladi.

Jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko'ra, klublar transfer uchun 45+5 million yevro miqdorida kelishuvga erishgan.

Yakunlangan mavsumda Baena 33 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniya terma jamoasi tarkibida Evropa chempionligini, shuningdek, Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan. "Atletiko" o'tgan mavsum La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting