\"Atletik\" Uilyamsning maoshini oshirishga tayyor
Unga "Barselona" jiddiy qiziqmoqda.
Photo: Getty Images
"Atletik" o‘z yetakchisi Niko Uilyamsni jamoada saqlab qolishni istamoqda. Bu haqda El Chiringuito TV xabar berdi.
Qayd etilishicha, bilbaoliklar "Barselona"ning jiddiy taklifiga qaramay, Nikoni qo‘yib yubormoqchi emas.
"Atletik" futbolchini jamoada olib qolish maqsadida uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, har bir mavsum uchun 10 million yevro maosh taklif qilinmoqda.
Nikoning "Atletik" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Uilyams 2024/25 yilgi mavsumda 45 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist