locale OZ

“Aston Villa” “Barselona” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Aston Villa” “Barselona” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

“Aston Villa” “Barselona”ning 25 yoshli hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Birmingham Mail nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Birmingem klubi ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kataloniyaliklar esa Torres uchun 50 million yevro talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Torres joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting