«Aston Villa» APLda ketma-ket olti oʻyinda gʻalaba qozondi
Unayi Emeri shogirdlari oʻziga xos seriya qayd etmoqda.
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
14.12.2025, Yak.
Vest Hem
2
Aston Villa
3
Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida «Vest Hem» va «Aston Villa» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kechgan o‘yinda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba Unayi Emeri boshchiligidagi «Aston Villa» uchun Angliya Premer-ligasidagi ketma-ket oltinchisi bo‘ldi.
Avvalroq birmingemliklar «Bornmut»ni (4:0), «Lids Yunayted»ni (2:1), «Vulverxempton»ni (1:0), «Brayton»ni (4:3) va «Arsenal»ni (2:1) mag‘lub etgandi.
16 tur yakunlariga ko‘ra, «Aston Villa» 30 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda 36 ochko bilan «Arsenal» peshqadamlik qilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist