locale OZ

Asror G'ofurov: “Superliganing joriy mavsumida “Bunyodkor” meni hayron qoldirdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Asror G'ofurov: “Superliganing joriy mavsumida “Bunyodkor” meni hayron qoldirdi”
FОТО: Bashundhara Kings

Bangladeshning “Baxundxara Kings” klubi a'zosi, hamyurtimiz Asror G'ofurov Sports24.uz saytiga intervyu berdi.

Vakilimiz suhbat chog'ida nega Superligamizga kelib va yana nega Bangladeshga qaytgani, shuningdek, ichki chempionatimizning joriy mavsumdagi starti haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Qishki transferlar vaqtida “Qizilqum”dan ketganimdan so'ng sobiq klubimdagilar menga aloqaga chiqishdi va ikkinchi davrada yordam berishimni so'rashdi. Rahbariyat ham, murabbiylar ham menga ishonishgani uchun “Bashundxara Kings”ga qaytishga qaror qildim.

Biroq, internet orqali superliga o'yinlarini kuzatib boryapman. Shaxsan men uchun ilk turlarda “Bunyodkor”ning o'yini va natijalari syurpriz bo'ldi. Jamoa ancha yaxshi start oldi”, - deydi G'ofurov.

Ma'lumot uchun, “Bashundxara Kings” Bangladesh chempionati doirasidagi o'zining navbatdagi o'yinini 12-aprel kuni “Mohammedan” klubiga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting