Aspilikueta yozda La Liganing boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
“Atletiko” himoyachisi Seser Aspilikueta yozda “Selta” safiga borib qo'shilishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 35 yoshli futbolchining “matraschilar” bilan shartnomasini 2025 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. “Atletiko” Seser bilan kelishuv muddatini uzaytirmaydi. Unga “Selta” qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Aspilikueta “Atletiko” safida barcha turnirlarda 18 o'yinda maydonga tushdi. “Selta” esa La Ligada 7-o'rinni egallab turibdi va evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist