locale OZ

Aslanov: \"Bu safargisi dahshat bo‘lsa kerak\"

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Aslanov: "Bu safargisi dahshat bo‘lsa kerak"
Photo: gettyimages

Angliya chempionligini qo'lga kiritgan "Liverpul" klubi haqida Qahramon Aslanov quyidagicha fikrlarni bildirdi:

""Liverpul" muxlislarini tabriklayman. Slot jamoasi butun mavsum rostanam chempionlikka loyiq o‘yin ko‘rsatishdi. Angliyada eng ko‘p gol urishdi, eng ko‘p vaziyat yaratishdi, eng ko‘p zarba berishdi, Muhammad Saloh gol+pasda 45 ochko to‘plab, yaqin ta’qibchisidan 17 taga o‘zib ketdi. Ajoyib mavsum.

Uzoq kutilgan avvalgi chempionlikni jamoa kovid tufayli ko‘ngildagidek nishonlay olishmagandi. Bu safargisi dahshat bo‘lsa kerak.

Darvoqe, "Liverpul"ga APL kubogi bugun emas, 38-turda, "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yindan keyin topshiriladi.

Frantsiya va Angliya hal, Germaniyada "Bavariya"ga 1 ochko kifoya qiladi. Italiya va Ispaniyada kurash davom etadi",-deb yozadi jurnalist o'zining telegram kanalida

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting