Angliya primyer-ligasi chempionligini qo'lga kiritgan “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Juda ham xursandman. Ayniqsa, uddalab bo'lmaydigandek ko'ringangan vazifani bajarsang. Muhlislar esa nimaga erishganimizni yanada ko'proq anglatishdi. “Liverpul”ga bosh murabbiy bo'lib yangi kelganimda, bunday buyuk klubning bir qismi bo'lganimdan faxrlangan bo'lsam, hozir esa titl bilan klub tarixining bir qismi bo'lganimdan g'ururlanaman. Balki kulguli bo'lishi mumkindir, lekin uch yoki to'rt yil avval bu narsalarni orzu qilardim halos.
Bugun hissiyotlarga berilgan yagona vaziyatim, stadionga tashrif buyurgan paytimizda muhlislar nimani anglatishini his qilganimda bo'ldi. Agar bugungi bahsda ochkoni hal qila olmasak, bizda hali imkoniyatlar bor edi, lekin aftobus ichida bunday atmosferada yutqazish mumkin emasligi haqida gaplashdik. O'yindan oldin, o'yin davomida va o'yindan keyin muhlislarni daxshatli qo'llab-quvvatlaganini e'tirof etish kerak.
Chempionlikni ikki yoki uch stokan pivo bilan nishonlayman. Adashmasam oila va do'stlar bilan ham kichik bazm bo'lishini aytishdi",-deydi mutaxassis