Ashurmatov jarohati tufayli CAFA musobaqasini o‘tkazib yuboradi
“Istiqlol” himoyachisi taxminan bir oydan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda
Rasm: Telegram
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Tehronning “Istiqlol” klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov iyul oyida “Al Hussayn”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. To‘qnashuvdan so‘ng futbolchi maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Championat.asia sayti xabariga ko‘ra, Ashurmatov taxminan bir oydan keyin safga qaytadi. Shu bois “Istiqlol” uni Eron chempionatining birinchi davrasi uchun ro‘yxatga kiritdi.
Avvalroq Eron matbuotida himoyachi uzoq muddatga maydondan chetlatilishi va birinchi davra ro‘yxatiga qo‘shilmasligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Shuningdek, aniq bo‘ldiki, Rustam Ashurmatov avgust oyi oxirida start oladigan CAFA musobaqasida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi.
Bakradze Iman
Redaktor