Ashurmatov Eronga o‘tish arafasida
“Esteghlal” o‘zbek himoyachisi uchun 450 ming yevro to‘lashga tayyor
Rasm: Gazeta.uz
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov yaqin orada Qozonning “Rubin” klubini tark etishi mumkin. OAV xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Eronning “Esteghlal” jamoasi bilan muzokara olib bormoqda.
Tomonlar kelishuvga yaqin va transfer summasi 450 ming yevroni tashkil etishi mumkin. Agar shartnoma imzolansa, Ashurmatov terma jamoadoshi Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin bo‘ladi.
Qiziq tomoni shundaki, Rustamning “Rubin” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan. Shu jihatni hisobga olsak, taklif etilgan summa yetarlicha salmoqli ko‘rinadi.
Bakradze Iman
Redaktor