locale OZ

Ashurmatov Eronda qancha maosh oladi?

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi “Esteghlal” klubida asosiy tarkibdan joy olishi kutilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov Eronning “Esteghlal” klubiga o‘tmoqda. Avval xabar qilinganidek, ushbu transfer 450 ming yevroga baholanishi mumkin.

Sport jurnalistlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining Erondagi oylik maoshi 50 ming dollar atrofida bo‘ladi. Ashurmatov markaziy himoyachi sifatida asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, u O‘zbekiston terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Eronga yo‘l olguncha u Rossiyaning “Rubin” jamoasida to‘p surgan, biroq kuchli raqobat sabab muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting