locale OZ

Arteta: «Oxirgi ikki hafta ichida ligada nimalar bo‘layotganini qaytadan tushunib olish uchun juda ko‘p o‘yinlarni tomosha qildim»

Ispaniyalik mutaxassis "Lids"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Arteta: «Oxirgi ikki hafta ichida ligada nimalar bo‘layotganini qaytadan tushunib olish uchun juda ko‘p o‘yinlarni tomosha qildim»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
10.10.2026, Yak.
Arsenal
2
Lids
1

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Lids”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bizni juda og‘ir o‘yin kutib turganini bilardik. Biz 16 nafar futbolchimiz yo‘q bo‘lgan uch haftalik tanaffusdan hamda og‘ir mag‘lubiyatdan so‘ng qaytayotgan edik. Bularning bari bizga tinchlik bermayotgan edi.

Oldimizda ikkita maqsad bor edi. Birinchidan, chorlovni qabul qilish, chunki biz Premer-ligada hali mag‘lub bo‘lmagan va haqli ravishda yuqori o‘rinni egallab turgan jamoaga qarshi o‘ynayotgan edik. Ikkinchidan, biz nimanidir isbotlashimiz kerak edi. "Brayton" bilan o‘yindan so‘ng nozik joyimizga tegib ketishgandi.

Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik va uchrashuv borishini to‘liq nazorat qildik, ammo juda samarali hujum qilish uchun bo‘sh hududlardan, o‘yin epizodlaridan va qo‘shilish imkoniyatlaridan foydalana olmadik. Shu sababli o‘yin biroz ochiq tus oldi. Raqibimizga darvozamiz oldida xavf tug‘dirish uchun ko‘p imkoniyat shart emasligini bilardik: to‘p jarima maydonchasiga tushgan har safar ular juda xavfli edilar. Yakunda bir to‘p farqi bilan ortda qolayotgan edik, ammo vaziyatni o‘z tomonimizga bura oldik, o‘zimizda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni qayta uyg‘otdik, jamoamizga xos bo‘lgan xarakter va jasoratni ko‘rsatdik. Hisobni tenglashtirganimizdan so‘ng o‘yin energetikasi o‘zgardi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar yana o‘yin borishiga katta ta’sir ko‘rsatishdi va g‘alaba qozonishimizga yordam berishdi.

Biz aynan shunday xarakterdan tashkil topganmiz. Har hafta bizni taxminan bir xil vaziyat kutayotganini tushunamiz. Oxirgi ikki hafta ichida ligada nimalar bo‘layotganini qaytadan tushunib olish uchun juda ko‘p o‘yinlarni tomosha qildim. Bundan buyog‘iga ham hammasi shunday rivojlanadi", — deydi Artetaning so‘zlarini klub rasmiy sayti.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting