locale OZ

Arteta: «Nima sababdan penalti belgilanganiga hamon tushunmayapman»

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
Arteta: «Nima sababdan penalti belgilanganiga hamon tushunmayapman»
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
12.09.2026, Yak.
Sanderlend
0
Arsenal
2

«Avvalo, biz muhokama qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi masala — bu darajada bunday holatni qabul qilib bo‘lmaydi. Bu juda chiroyli futbol o‘yini bo‘ldi. Ikki jamoa ham yuqori saviyada harakat qildi, stadiondagi muhit esa aql bovar qilmas darajada edi.

“Sanderlend” juda tartibli jamoa, ular o‘yinning ko‘plab jihatlarida juda yaxshi harakat qilishadi. Tarkibida kuchli futbolchilar bor va ular bizga juda ko‘p muammolar tug‘dirishdi. Biz bularning barchasiga qarshi turishimiz kerak edi. Bu juda og‘ir hafta bo‘ldi — avval “Chelsi”, keyin “Napoli”ga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Ustiga-ustak, bugungi uchrashuvda yuz bergan holatga duch keldik. Mening fikrimcha, bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi.
Men ushbu epizodni 20 marta ko‘rdim va ular qanday qilib bunday vaziyatda penalti belgilashga qaror qilganini tushuna olmayapman. VAR nima sababdan aralashganini ham tushunish qiyin.

Rostini aytsam, nima deb o‘ylashni bilmayman. Ammo shunday chiroyli futbol o‘yinidan keyin biz shu darajada jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan qarorni muhokama qilishga majbur bo‘layotganimizdan xafaman. Chunki bunday qaror mavsum taqdirini o‘zgartirishi va chempionlikka qimmatga tushishi mumkin. Biz bu darajaga yetish uchun juda ko‘p mehnat qilyapmiz. Shuning uchun bunday narsa sodir bo‘lmasligi kerak. Men bu qarorga hech qanday tushuntirish topa olmayapman. Shu sababli hozir buning izohini topishga harakat qilaman», — dedi Arteta.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting