locale OZ

Arteta mart oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

31-turdan so‘ng «kanonirlar» 70 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Arteta mart oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Фото: АПЛ

«Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta mart oyi yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati ma'lumot tarqatdi.

«Arsenal» mart oyida Angliya chempionati doirasida o‘tkazilgan barcha uchta o‘yinda g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, «kanonirlar» o‘z maydonida «Chelsi» (2:1) va «Everton»ni (2:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, safarda «Brayton»dan (1:0) ustun keldi.

31-turdan so‘ng «Arsenal» 70 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

4 aprel kuni Arteta shogirdlari Angliya Kubogi chorak finali doirasida safarda «Sautgempton»ga qarshi maydonga tushishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting