\"Arsenal\" Zinchenkoga narx belgiladi
U "to'pchilar" safida 2022 yildan beri to'p surib kelmoqda.
Photo: Getty Images
"Arsenal" klubi yozgi transferlar vaqtida himoyachi Aleksandr Zinchenkoni sotib yuborishni ko'rib chiqmoqda.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, ingliz klubi ukrainalik futbolchining transfer qiymatini 10 million yevro etib belgilagan.
Unga asosiy da'vogarlaridan biri Italiyaning "Milan" klubi bo'ldi. "Rossonerilar" rahbariyati allaqachon "Arsenal" bilan futbolchining transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlagan.
Zinchenko "to'pchilar" safida 2022 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda Zinchenko barcha turnirlarda 23 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist