locale OZ

\"Arsenal\" yozda uchta transferni amalga oshirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" yozda uchta transferni amalga oshirmoqchi
Photo: Getty Images

Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida katta xaridlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

London jamoasi "Real Sociedad" yarim himoyachisi Martin Zubimendi, "Athletic" vingeri Nico Williams va "Sporting" hujumchisi Viktor Gyokereshni sotib olishni reja qilgan. Ushbu transferlar uchun "to‘pchilar" rahbariyati 200 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

"Arsenal"ni yozda Kieran Tierney, Rahim Sterling, Neto, Jorginho va Aleksandr Zinchenko kabi futbolchilar tark etishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting