“Arsenal” Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi sport direktori Andrea Berta markaziy himoyachi Uilyam Saliba vakillari bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokara o'tkazdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi “kanonirlar”dagi mavqeyida mamnun. Ta'kidlanishicha, Salibaga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Saliba joriy mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi. Uning “Arsenal” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist