locale OZ

«Arsenal» Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytiradi
Фото: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachi Uilyam Saliba bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda NYTimes nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi 23 yoshli fransuz himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

“Arsenal” rahbariyati Salibani jamoada olib qolish uchun jiddiy harakat boshlagan. Klub Saliba bilan hamkorlikni uzoq muddat davom ettirishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Uilyam Saliba 2019 yilda Fransiyaning “Sent-Eten” klubidan “Arsenal” safiga qo‘shilgan. U 2024/25 yilgi mavsum davomida jami 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Salibaning qiymati 80 million yevroga teng. Uning “to‘pchilar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting