«Arsenal» top-hujumchi xarid qilib, chempionlik unvonini himoya qilmoqchi
Londonning «Arsenal» klubi top-hujumchi bilan shartnoma imzolash orqali Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik unvonini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Klub rahbariyati bosh murabbiy Mikel Arteta himoya chizigʻini shakllantirishda ajoyib ishlayotganini eʼtirof etgan, biroq jamoaga hujumda xilma-xillik yetishmayapti deb hisoblamoqda.
Klub mutasaddilarining ishonchi komilki, hujum chizigʻi yanada kuchaytirilsa, «Arsenal» Angliyada uzoq yillar davomida gegemonlik qilishi mumkin. Ayniqsa, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning ketishidan keyin bu imkoniyat yanada ortadi.
Maʼlumot uchun, «Arsenal» muddatidan oldin Angliya chempionligini rasmiylashtirib boʻldi. Ortda qolgan 37 turdan soʻng «kanonirlar» hisobida 82 ochko mavjud.