locale OZ

\"Arsenal\" Tomiyasu bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Tomiyasu bilan shartnomani bekor qildi
Photo: Getty Images

"Arsenal" qanot himoyachisi Takehiro Tomiyasu bilan shartnomasini bekor qildi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

Himoyachining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan edi. Biroq deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan va surunkali jarohatlardan qutula olmayotgan yaponiyalik futbolchi bilan ikki tomon kelishuvi asosida shartnoma bekor qilindi.

Ma'lumot uchun, 26 yoshli futbolchi 2021 yilda "Bolonya"dan 18 million yevro evaziga xarid qilingan edi. Takehiro London klubi safida APLda jami 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting