locale OZ

\"Arsenal\" Subimendining transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Arsenal" Subimendining transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Arsenal" klubi rasmiy saytida yarim himoyachi Martin Subimendi "Real Sosyedad"dan transfer qilinganini e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Avvalroq, jurnalist Fabrizio Romano "kanonirlar" ispaniyalik futbolchining transferi uchun taxminan 65 mln yevro to'lashi haqida xabar bergan edi. Bu summa bir necha bosqichda o'tkaziladi.

Futbolchi o'tgan mavsum "Real Sosyedad" safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachining narxini 60 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting