«Arsenal» Rayyaning maoshini oshiradi
Davidning "to‘pchilar" bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayyaning maoshini oshirishga qaror qildi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" 30 yoshli ispaniyalik posbon bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma muddatini hozircha uzaytirmaydi, biroq uning maoshini oshiradi. Bu borada klub va kipyer o‘zaro kelishib olishgan.
Rayya joriy mavsumda "Arsenal" safida 9 ta o‘yinda 3 ta gol o‘tkazib yubordi. U 6 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Arteta jamoasi APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist