«Arsenal» Nvaneri bilan shartnomani uzaytiradi
Photo: Getty Images
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachi Itan Nvaneri bilan yangi shartnoma imzolashga rozilik oldi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar bitimni uzaytirish masalasida kelishib olishgan va tez orada rasmiy ravishda shartnoma imzolanadi.
18 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining bahosiga ko‘ra, Nvanerining narxi 55 million yevroni tashkil qiladi.
APLning o‘tgan mavsumida Itan 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Mavsum yakuniga ko‘ra esa “to‘pchilar” chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor